O‘zbekiston IIV tizimida qator rahbarlar almashtirildi

© SputnikPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Podpolkovnik Azizxon Agzamov Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-moliya va moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

TOShKENT, 10 noya - Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida qator lavozimiy tayinlovlar amalga oshirildi.

IIV matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, podpolkovnik Dustmatov Rustamjon Xolmirzayevich Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga; podpolkovnik Choriyev Aliaxmed Omonovich Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Agzamov Azizxon Abralxanovich Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-moliya va moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga; polkovnik Xudaybergenov Ilhomboy Tilavbayevich Toshkent viloyati Bo‘ka tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlanganlar.

Yangiliklar lentasi
0