Aqto‘be fojiasi yuzasidan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha hukm chiqarildi

© Sputnik / Dmitriy MatveyevSud po delu o gibeli grajdan Uzbekistana pri pojare v avtobuse
Sud po delu o gibeli grajdan Uzbekistana pri pojare v avtobuse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu sud ish bo‘yicha 5 nafar odam aybdor deb topildi, shu jumladan uch nafar haydovchi. Ularni 5-yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Qozog‘iston Aqto‘be sudi uch nafar avtobus haydovchisiga hukm chiqardi. Ularga 5-yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Transport kompaniyasining ta’sischisi va mexanigi 3,5 yil ozodlikdan mahrum etildi.

Bundan tashqari, sudlanuvchilar halok bo‘lgan 52 nafar o‘zbekistonlikning oila a’zolariga 2 million tengi miqdorida tovon puli to‘laydilar. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qildi.

© Sputnik / Dmitriy MatveyevSud po delu o gibeli grajdan Uzbekistana pri pojare v avtobuse
Aqto‘be fojiasi yuzasidan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha hukm chiqarildi - Sputnik O‘zbekiston
Sud po delu o gibeli grajdan Uzbekistana pri pojare v avtobuse

Shu yil yanvar oyida Qozog‘iston Aqto‘be viloyati Samara-Chimkent trassasida 57 nafar kishi bo‘lgan avtobus yonib ketdi. Yong‘in oqibatida 52 kishi halok bo‘ldi – ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Besh nafar kishi, shu jumladan qozog‘istonlik haydovchilar omon qoldi.

Ushbu jinoiy ish bo‘yicha besh nafar shaxs aybdor deb topildi: uch nafar avtobus haydovchisi va “Aziya tranzit servis” korxonasining ikki nafar ishchisi – ta’sischi va mexanik. Ularga reysga chiqarishdan oldin avtobusni tekshirish majburiyati bo‘lgan.   

“Uch nafar avtobus haydovchisi 5-yil ozodlikdan mahrum etish jazosini oldi. Transport kompaniyaning ta’sischisi va mexanigi 3,5 yil ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilindi”, - deb ta’kidladi sud vakili.

Sudda haydovchilar tomonidan transport vositasini ekspluatatsiya qilish va yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilganligi aniqlandi: avtobus salonida yo‘lovchilar isinish uchun lampadan foydanishgan.

© Sputnik / Dmitriy MatveyevSud po delu o gibeli grajdan Uzbekistana pri pojare v avtobuse
Aqto‘be fojiasi yuzasidan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha hukm chiqarildi - Sputnik O‘zbekiston
Sud po delu o gibeli grajdan Uzbekistana pri pojare v avtobuse

Kompaniya rahbarining harakatlari nosoz avtotransport vositasini chiqarish oqibatida ikki va undan ortiq shaxslar o‘limiga sabab bo‘lishi, shuningdek rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish bo‘yicha kvalifikatsiya qilingan.

Mexanikka esa nosoz avtotransport vositasini ekspluatatsiyaga chiqarish oqibatida ikki va undan ortiq shaxslar o‘limiga sabab bo‘lishi bo‘yicha ayblar qo‘yilgan.

Yangiliklar lentasi
0