TOShKENT, 8 noya - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. O‘zbekistonda mehnat bozoridagi asosiy muammolardan biri bu norasmiy sektorda bandlik darajasi kattaligidir, bunda barcha ishlovchilarning 56%i jamlangan, deyiladi O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev tomonidan tayyorlangan bayonotda.
Ta’kidlanishicha, aynan shu holat qator salbiy oqibatlarga olib kelmoqda - davlat budjetiga soliq to‘lovlari kelib tushmayapti, tekin yeb yotish kayfiyati shakllanmoqda va bu holat istiqbolda pensiya tizimiga ham o‘z "yukini" tushirmoqda.
Ushbu muammoni hisobga olgan holda, mavjud "soyada" bo‘lib kelayotgan: ustachilik, mardikorchilik, kirakashlik, uy xizmatlari va shunga o‘xshash faoliyat turlariga patent tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bunda bir yillik faoliyat uchun eng kam ish haqining 4,5 baravari miqdorida patent to‘lovini amalga oshirish kerak bo‘ladi.
Shuningdek, O‘zbekistonda mehnat munosabatlarini legallashtirish maqsadida: "Aholi bandligi to‘g‘risida"gi qonunning yangi tahriri chiqarilishi ko‘zda tutilgan.
Hujjat ishga joylashishning yangi shakllari (autsorsing, autstaffing, masovafiy ish va boshqalar)ni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, elektron mehnat daftarchalari va elektron mehnat shartnomasiga o‘tish, vakansiyalarni yashirganlik va ishga asossiz qabul qilmaslik holatlari uchun ma’muriy javobgarlikni kuchaytirish ko‘zda tutilmoqda.