TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Donald Trampning iqtisodiy yutug‘i ortidan superderjavaning qulashi yuz berishi va bu holat Mixail Gorbachovning SSSRni tarqalishiga sababchi bo‘lgan omadsiz siyosati taqdirini takrorlashi mumkin, deb yozadi Asia Times sharhlovchisi Raja Merfi. RIA Novosti xabariga asosan.
Jurnalist fikriga ko‘ra, Tramp yuritayotgan iqtisodiy siyosat tufayli AQSh dunyodagi yetakchikni boy berishi mumkin. AQSh prezidenti boshqa davlatlarga, ular juda osonlikcha voz kechadigan shartlarni qo‘ymoqda.
Misol uchun, qator mamlakatlar AQShning Eronga qarshi kiritgan sanksiyalariga yoppasiga qarshi chiqdilar va ular bu sanksiyalarni "biroqlama hamda noqonuniy", deb topdilar. AQSh Davlat departamenti bu mamlakatlarga Erondan neft olishga ruxsat berganligini jurnalist "o‘tib ketayotgan poyezdga yashil bayroq silkitish" bilan tenglagan.
Ehtimol, Tramp, Qo‘shma Shtatlarga iqtisodiy o‘radan chiqishga va 21,6 trillion dollar miqdoridagi davlat qarzini yopishga yordam ham berar, ammo bu "amerika gegemoniyasining halokati"ni bildiradi, deb ta’kidlaydi jurnalist.
Tramp "sadaqa" siyosatidan voz kechmoqda, xususan, NATO bo‘yicha ittifoqdoshlarining xavfsizlikka ko‘proq harajat qilish talabini rad etdi, boshqa mamlakatlarga beriladigan moliyaviy ko‘makni ham keskin qisqartirdi - 2016-yilda bu ko‘mak 50 milliard dollar bo‘lgan bo‘lsa, 2017-yilga kelib 7,7 milliardni tashkil etdi.
Shuningdek, o‘zini qattiq hurmat qiladigan mamlakatlar rahbarlari AQSh "munofiqligiga" toqat qilishmaydi, deb hisoblaydi jurnalist. Misol uchun, yadro quroli uchun sanksiyalar e’lon qilish masalasida. Axir AQShning o‘zi dunyodagi eng yirik yadroviy arsenalga ega. Yoki bu mamlakatlar "AQSh saylovlariga bo‘ladigan taxminiy aralashuvlar atrofidagi jazava" ustidan ochiqchasiga kulishlari mumkin, axir Amerikaning boshqa mamlakatlar ishlariga aralashuvlari ro‘yxati juda katta.
Shuningdek, Qo‘shma Shtatlarning ikkiyuzlamachiligi haqida "so‘zlovchi" boshqa holatlar ham esga olinishi mumkin, xususan, Lotin Amerikasi mamlakatlarida rejimlar o‘zgarishi, "qonli diktatorlar"ning qo‘llab-quvvatlanishi va Yaqin Sharqdagi vaziyatning izdan chiqarilishi.
Oxir-oqibat, iqtisodiy jihatdan muvaffaqiyat qozongan Qo‘shma Shtatlar, o‘z ichki muammolari girdobida qoladi, deb ta’kidlaydi jurnalist. "Bizning davrdagi so‘nggi imperiyaning yakuni yaqin. Ammo bu o‘zgarishlar, Oq Uyda o‘zi xohlamagan tarzda Gorbachev-2ga aylangan kishi tufayli, teng va adolatli dunyo qurishga imkon beradi", - deb yozadi Merfi.