Toshkent, 8 noya – Sputnik. Deputatlar o‘smirlarga energetik ichimlik sotgan shaxslarni jarima tariqasida jazolashni taklif qilishmoqda. Ushbu masala O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Parlament quyi palatasidagi fraksiyasi yig‘ilishida Qonunchilik palatasi majlisi muhokamasiga kiritilishi rejalashtirilayotgan bir qator qonun loyihalari muhokamasida ko‘rib chiqildi.
“O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga energetik ichimliklarni 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga realizatsiya qilish – fuqarolarga eng kam ish haqining 5 baravaridan 10 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – 7 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”, - deb partiyaning matbuot xizmati xabar qildi.
Eslatib o‘tamiz, “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunda energetik ichimliklar tushunchasiga ta’rif berilgan. Shuningdek, “Reklama to‘g‘risida”gi qonunda bunday ichimliklarni iste’mol qilishning zarari, tavsiya etilmaydigan shaxslar haqidagi axborot mavjud bo‘lishi kerakligi, shuningdek, televidenie va radio orqali reklama qilish vaqtlari aniq belgilaydi. Bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan bosma nashrlarda, shuningdek, tibbiyot, sport va ta’lim muassasalarida energetik ichimliklarni reklama qilish taqiqlangan.