Nig‘matilla Yo‘ldoshev Valentina Matviyenkoni O‘zbekistonga taklif qildi

© Sovet Federatsii Federalnogo Sobraniya Rossiyskoy FederatsiiPredsedatel Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Nigmatilla Yuldashev
Predsedatel Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Nigmatilla Yuldashev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev Moskvada Valentina Matviyenko bilan uchrashdi.

TOShKENT, 8 noya – Sputnik. O‘zbekiston Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev Rossiya Federal Kengashi spikeri Valentina Matviyenkoni O‘zbekistonga taklif qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Sizga  qulay bo‘lgan vaqtda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qilishga ijozat berishingizni so‘raman”, dedi Nig‘matilla Yo‘ldoshev Moskvada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda. 

Eslatib o‘tamiz O‘zbekiston Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev 6-8 noyabr kunlari rossiyada rasmiy tashrif bilan bo‘lib, bir qator uchrashuvlar o‘tkazmoqda va muhim hujjatlar imzolamoqda.

© Sovet Federatsii Federalnogo Sobraniya Rossiyskoy FederatsiiPredsedatel SF Valentina Matviyenko provela vstrechu s Predsedatelem Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Nigmatilloy Yuldashevim
Nig‘matilla Yo‘ldoshev Valentina Matviyenkoni O‘zbekistonga taklif qildi - Sputnik O‘zbekiston
Predsedatel SF Valentina Matviyenko provela vstrechu s Predsedatelem Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Nigmatilloy Yuldashevim

Xususan, Rossiya Federal Kengashi va O‘zbekiston Senati hamkorligi to‘g‘risidagi bitim shular jumlasidan.   

“Biz Rossiya va O‘zbekiston davlatining ikki tomonlama munosabatlari rivojlanishiga katta ahamiyat beramiz. O‘zbekiston parlament a’zolari delegatsiyasi tashrifi davlatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarga hamda parlamentlararo hamkorlikka kuchli turtki bo‘ladi”, - dedi imzolash yakunida Matviyenko.

Ilgariroq O‘zbekiston parlementi yuqori palata raisi Rossiya Davlat Dumasi raisi Vacheslav Volodin bilan uchrashgan edi. Parlamentariylar ikki davlat orasida munosabatlar jadal rivojlanayotganini va bunda prezidentlar muhim rol o‘ynayotganini ta’kidlashdi. 

Predsedatel senata Oliy Majlisa Nigmatulla Yuldashev  - Sputnik O‘zbekiston
Nig‘matulla Yo‘ldoshev senatorlarni tashabbus ko‘rsatishmayotgani uchun tanqid qildi

“Davlatlarimiz o‘rtasida munosabatlar rivojlanmoqda, ta’kidlash joizki, bu hammasi prezidentlarimiz tufayli. Ijroiya hukumati darajasida yuzaga kelgan munosabatlarimizni parlament doirasida hamkorligimizni mustahkamlash uchun hamma narsani qilish va ortda qolmaslik biz uchun muhim, albatta”, - dedi Volodin.

“Bu, birinchi navbatda so‘nggi yilda yangi sifatli darajaga ko‘tarilgan Rossiya - O‘zbekiston sherikchiligini kuchaytirishga qaratilgan”, - dedi o‘z navbatida Yo‘ldoshev.

O‘zbekiston Senati raisi so‘nggi yilda 80 oshiqroq delegatsiyalarning o‘zaro tashrifi, hukumatlararo komissiya majlisini samarali o‘tganini misol qilib ko‘rsatdi.

Bundan tashqari, u O‘zbekiston viloyatlari Rossiyaning 28 subyektlari bilan sherikchilik munosabatlarini o‘rnatgani, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga oktabr oyidaga tashrifi esa davlatlar o‘rtasidagi “keng ko‘lamdagi hamkorlikka kuchli turtki bo‘lgani”ni ta’kidladi.

Yo‘ldoshevning so‘zlariga ko‘ra, talabga ehtiyoji bo‘lgan mahsulotlarni o‘zaro yetkazish berishni oshirish, infratuzilma va hamkorlik investitsion loyihalarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0