Kollej talabasi niqobli bosqinchilikda ishtirok etdi

© AP Photo / Umida AkhmedovaUzbekskie militsioneri radom s patrulnoy mashinoy
Uzbekskie militsioneri radom s patrulnoy mashinoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Niqob taqqan bosqinchilar uy egasining boshiga yog‘och bilan urib, pul talab qilishgan

TOShKENT, 8 noya - Sputnik. Yettinchi noyabr kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida bir guruh bosqinchilar qo‘lga olindi, ular orasida kollej talabasi ham bo‘lgan, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

ruki naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Bo‘kada yetti niqobli bosqinchi bir oilaning pullari va mashinasini olib ketdi

Xabarda aytilishicha, Guliston shahrida yashovchi fuqaro I.Yu.ning uyiga shu shaharda yashovchi uch erkak va bir nafar kollej talabasi yuzlariga niqob kiygan holda bostirib kirganlar. Bosqinchilar uy egasining boshiga yog‘och bilan urib, pul talab qilgan vaqtlarida jabrdiydaning turmush o‘rtog‘i shovqin ko‘targan.

Natijada shu hududda xizmat olib borayotgan viloyat ichki ishlar organlari xodimlari voqea joyiga yetib kelib, 3 nafar bosqinchini qo‘lga olgan. Yana bir nafari, J.B. voqea joyidan qochib ketgan.

Tezkor qidiruv natijalari tufayli u ham 8-noyabr kuni qo‘lga olingan. Uy egasi tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan  jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0