Putin O‘zbekiston uchun tizimli “yonilg‘i” olib keldi – ekspert

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishGosudarstvenniy vizit prezidenta RF V.Putina v Uzbekistan
Gosudarstvenniy vizit prezidenta RF V.Putina v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vladimir Putinning O‘zbekistonga 18-19 oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan davlat tashrifi doirasida umumiy qiymati 27 milliard dollardan oshiqroq 800 ta hujjatlar imzolandi, Markaziy Osiyoda birinchi AESga tamal toshi qo‘yildi.

Igor Nikolaychuk, maxsus mediametrik tadqiqotlar markazi eksperti - Sputnik O‘zbekiston uchun

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifidan oldin ikkita o‘ta muhim voqea bo‘lib o‘tdi.

Gosudarstvenniy vizit prezidenta RF V.Putina v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Putin tashrifi maqsadi: O‘zbekiston va Rossiya I mintaqalararo hamkorlik forumi yakunlari

Birinchidan, Putin “Valday” Xalqaro munozalar klubida bayonot qildi. Aniqrog‘i, jahon birlashmalariga yangi “xabar” yo‘lladi. Xorijiy matbuotlar ushbu bayonotni qo‘yidagicha talqin qilishdi: “Putin G‘arbdagi yomon munosabatlarini e’tiborga olmasdan, Rossiya uchun Sharqdagi aloqa va jarayonlarni qiziqroq deb hisoblamoqda”.

Shundan so‘ng barcha – gap Rossiya va Xitoy munosatlari rivojlanishi va chuqurlashishi haqida boradi deb o‘ylagandi. Lekin bu faqat qisman to‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Obyektiv nuqtayi nazardan esa, bugungi kunda Moskva tomonidan faqat bir yo‘nalishga kuchli geopolitik qiziqish sezilmoqda – Markaziy Osiyoga hududiga yangicha ko‘rinishda qaytish.  

Ikkinchidan, Putinning mamlakatga davlat tashrifi arafasida Moskvada mustaqil O‘zbekistonning birinchi prezidenti – Islom Karimov haykali ochilgandi.

Haykal britaniyalik zamonaviy haykaltaroshga buyurtma berilgandi. Moskvada bir yil ichida joy tayyorlab u yerga haykal o‘rnatish – bu amrimahol ish. Lekin  bu amalga oshirildi. 

Prezidenti Uzbekistana i RF ob ekonomicheskix itogax peregovorov v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev va Putin o‘zaro iqtisodiy hamkorlik haqida nimalarni aytishdi

Yuqorida keltirilgan faktlar Vladimir Putinning Toshkentga bulgan tashrifiga xolisona baho berish imkonini beradi va ushbu baho rasmiy OAVlarning odatiy maqolalari bilan belgilangan doira chegarasidan tashqariga chiqadi.

Biz ushbu tashrifning barcha tafsilotlari va yakunlarini sanab o‘tmaymiz. Ular jurnalistlar tomonidan keng yoritilib tahlil qilingan. Bu yerda bir umumlashtiruvchi qandaydir belgi, ramz, ifoda kerak. Men ushbu ramz quyidagidan iborat deb hisoblayman: Rossiya O‘zbekiston jamiyatini zamonaviylashtirish jarayonida ishtirok etish istagi borligini yaqqol namoyish  qildi.

Rivojlanishning yangi bosqichi

Sir emaski, Markaziy Osiyo respublikalari tomonidan mustaqillikka erishish jarayoni qandaydir ma’noda ijtimoiy – tarixiy ortga qaytish, jamiyatning eskilashuviga sabab bo‘ldi. Bunga iqtisodiy aloqalarning uzilishi, sanoat rivojining susayishi, dinning roli kuchayishi, dindorlarning hukumatga yaqinlashuvi, ilmiy jarayonlarning sekinlashuvi va ularning qisqartirilishi, madaniy gumanitar sohalarning qayta qurilishi sabab bo‘ldi. Hatto sovet davrida ham milliy an’analar, qarindosh urug‘chilik kuchli bo‘lgan O‘zbekiston ham  Islom Karimov davrida ushbu jarayonlardan chetda qolmadi.

SSSR parchalangan keyin ittifoq davridagi ijtimoiy liftlar ishlamay qoldi. Ushbu hol nafaqat O‘zbekistonda, balkim boshqa respublikalarda ham yuz berdi. Jamiyatda o‘qituvchi yoki muhandis kasbi o‘rniga shou-biznes vakili, bank yoki neft-gaz kompaniyasi direktori lavozimida ishlash nufuzli maqomga ega bo‘ldi.

Putin O‘zbekistonni zamoniylashtirish uchun tizimli “yonilg‘i” olib keldi. Alohida aytish joizki, ushbu loyihaning tashabbuskori va me’mori, shubhasiz, O‘zbekistonning hozirgi prezidenti Shavkat Mirziyoyevdir. Bu uning sisosiy tanlovi va tarixiy xizmati deb o‘ylayman. Rossiya hukumati esa, ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi.

Vaziyat shundan iboratki, O‘zbekiston AES qurilmasa ham uzoq muddat yashashi mumkin edi. Afrikadagi davlatlar yashashmoqda-ku? Lekin bu ishni bir necha sohalarda olg‘a qadam tashlamasdan amalga oshirishning iloji yo‘q. Demak, ushbu yuqori texnologiyali loyiha qurilishi uchun O‘zbekistonda bir necha sohalarda ilmiy va muhandislik kadrlari tayyorlashi kerak bo‘ladi. Masalan, Rossiya yadro ilmiy tadqiqot universiteti filialini  ochishni talab qiladi.Yangi avlod ilmiy-texnik intelligensiyasi uchun esa yangi avlod gumanitariylari kerak bo‘ladi va ho kazo...  

Ishonch belgisi

O‘zbekiston va Rossiya hamkorlikda Koinotni tadqiqot qiluvchi radioteleskop  qurish haqidagi rejalari shaxsan meni hayratga soldi. Bu, haqiqatdan, olishqishga savozor! Bunga birgalikda harbiy texnika ishlab chiqarish zavodlarni qo‘shamiz. Bular jangovar lazer bo‘lmasa ham, lekin odatiy dasturlar uchun juda ko‘p miqdorda yuqori malakali mutaxassislar kerak bo‘ladi.

Ushbu ulkan rejalarni amalga oshirish uchun iqtisod barqarorligi lozim. Shuningdek, sarmoyalar ham ortiqchalik qilmaydi. Bularnig hammasi hozir va shu yerda kerak. Rossiya buning uchun barcha sharoitni muhayyo qildi. bu O‘zbekistonga bo‘lgan ishonishining dalilidir.

Hadan ortiq optimist bo‘lib ko‘rinishdan qo‘rqaman, ammo biz sobiq Ittifoq davlatlari integratsiyasining yangi shakliga guvoh bo‘lib turibmiz. O‘zbekiston Rossiyada, Rossiya esa O‘zbekistonda unib o‘sadi va bularning hammasi ikki davlat baxt-saodati va manfaatlari uchun xizmat qiladi. Ushbu sanani yodda saqlang: “2018 yil 19-oktabr”

Yangiliklar lentasi
0