TOShKENT, 7 noya - Sputnik. Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuper Avstraliyadagi yig‘inga jalb qilingan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar qildi.
“Shu yilning 11-21 noyabr kunlari O‘zbekiston milliy terma jamoasi Avstraliyaning Brisben shahrida navbatdagi yig‘inni o‘tkazadi. Terma jamoamiz yig‘in doirasida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. 15-noyabr kuni Livan terma jamoasiga qarshi bahs olib borsak, 20-noyabr kuni Janubiy Koreya terma jamoasi bilan kuch sinashamiz”, - deyilgan xabarda.
Quyida Avstraliyaga yig‘inga jalb qilingan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishing.
Darvozabonlar: Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldorbek Suyunov (“Paxtakor”), O‘tkir Yusupov ("Qo‘qon-1912").
Himoyachilar: Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”), Davron Hoshimov ("Navbahor"), Vladimir Kozak(“Paxtakor”), Yegor Krimes (“Paxtakor”), Farrux Sayfiyev (“Paxtakor”), Akmal Shorahmedov ("Paxtakor"), Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”), Doston Tursunov ("Neftchi"), Odil Hamrobekov ("Nasaf"), Oleg Zoteyev ("Lokomotiv").
Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”, Xitoy), Ikrom Aliboyev ("Lokomotiv"), Doston Hamdamov ("Anji", Rossiya), Aziz Turg‘unboyev ("Navbahor"), Husniddin G‘ofurov (“Lokomotiv”), Eldor Shomurodov(“Rostov”, Rossiya), Otabek Shukurov (“Sharja”, BAA), Javohir Sidiqov ("Qo‘qon-1912") , Jasur Yaxshiboyev ("Paxtakor"), Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor")
Hujumchi: Bikmayev Marat (“Lokomotiv”)
Eslatib o‘tamiz, Osiyo Kubogi Birlashgan Arab Amirliklarida kelasi yil 5-yanvardan 1-fevraligacha bo‘lib o‘tadi. O‘zbekisiton terma jamoasi F guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston bilan maydonga tushadi.