Qo‘qonda birinchi Xalqaro hunarmandchilik festivali bo‘lib o‘tadi

© SputnikSentr remeslennikov v Samarkande
Sentr remeslennikov v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelajakda Hunarmandchilik festivali doimiy ravishda har ikki yilda bir marta bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

TOShKENT, 6 noya — Sputnik. 2019 yilning 10-15 sentabr kunlari Qo‘qon shahrida Xalqaro hunarmandchilik festivali bo‘lib o‘tadi. Ushbu haqida Shavkat Mirziyoyev tegishli qarorni imzoladi, deb xabar qilmoqda O‘zA.  

Ushbu festival doirasida qator tadbirlar tashkil qilish rejalashtirilgan:

  • Qo‘qon shahridagi markaziy maydonning yon atrofida hunarmandchilik san’atiga oid turli ko‘rgazmalar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari, qadimiy hunarmandchilik dastgohlari va mahsulotlarini yaratish jarayonlari, hunarmandchilikka oid badiiy va hujjatli filmlar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi va ularning sotuvi tashkil etish;
  • Festival dasturi ishlab chiqilishini va uning Festivaldan uch oy avval turistik tashkilotlarga taqdim etilishini, Internet jahon axborot tarmog‘i va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilishi;
  • Festival doirasida milliy liboslar ko‘rgazmali chiqishlari, askiya va qiziqchilar, folklor va dorbozlik jamoalarining tomosha dasturlari namoyish etilishi;
  • Festivalning turizm kalendar rejasiga kiritilishini hamda xorijiy sayyohlarni Festivalga jalb qilish choralari ko‘rilishi va boshqa tadbirlar.  

Kelajakda Hunarmandchilik festivali har ikki yilda bir marta bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Festival Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Farg‘ona viloyati hokimligi ishtirokida tashkil qilinadi.

“Ushbu festivalning asosiy maqsadi - o‘zbek xalqining  tarixi va madaniy hayotini keng yoritish, o‘zbek milliy hunarmandchiligini namoyish qilish, madaniy-gumanitar aloqalarni xalqaro miqyosda kuchaytirish, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan hunarmandchilik maktablarini saqlash va qayta tiklashdir”, - deyilgan qaror matnida.

Festivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar Tashkiliy qo‘mita tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda 50 foizi – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, 50 foizi – Farg‘ona viloyati mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanishi ko‘zda tutilgan.

Prezident qarorining to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0