Yaponiya Toshkentda tibbiy axborot markazi qurishda yordam beradi

© Press-slujba xokimiyata TashkentaVstrecha yaponskoy organizatsii OMETA s xokimiyatom Tashkenta
Vstrecha yaponskoy organizatsii OMETA s xokimiyatom Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston-Yaponiya tibbiy axborot markazining umumiy qiymati 100 ming AQSh dollarini tashkil qiladi.

TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston-Yaponiya tibbiy informatsion markazi ochiladi. Bu haqida  Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Loyihaning qiymati 100 ming AQSh dollarini tashkil qiladi. Ushbu markaz qurilishi O‘zbekiston prezidentning 2015-yilning 02-fevrali hamda 02-noyabrda imzolangan qarorlarida ko‘zda tutilgan.

Shahar ma’muriyati va Yaponiya OMETA  (Overseas Medical Equipment Technical Assistants) tashkiloti vakillari O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan hamkorlik to‘g‘risidagi bayonotni muhokama qilishgan. Kelajakda ishchi guruhlar tashkil qilish rejalashtirilgan.

Tez tibbiy yordam mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Andijonda ayollarni bepul davolaydigan markaz ish boshladi

OMETA uyushmasi 138 ta kompaniyani o‘z ichiga oladi, ushbu kompaniyalarning 128 tasi tibbiy asbob-uskuna ishlab chiqaradi. Tashkilot turli davlatlarning tibbiy muassasalari rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘zbekiston ayni damda sog‘liqni saqlash darajasini ko‘tarishga uchun jadal harakatlar qilmoqda, jumladan xorijiy tajribadan ham foydalanmoqda. Masalan, Namanganda Janubiy Koreya ko‘magida yangi tibbiy markaz qurilmoqda. Ushbu markaz “Viloyat tibbiy diagnostika markazi” asosida ochiladi.

Yangiliklar lentasi
0