Internet foydalanuvchilarining shaxsi telefon raqami orqali aniqlanadi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishMessendjer Telegram mojet bit zablokirovan Roskomnadzorom
Messendjer Telegram mojet bit zablokirovan Roskomnadzorom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Hukumati “fuqarolar uchun xavfsiz bo‘lgan kommunikatsiya muhiti yaratish maqsadida” messenjer foydalanuvchilarining shaxsini aniqlaydi.

TOShKENT, 6 noya – Sputnik. Rossiya hukumati telefon nomeri orqali Internet va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining shaxsini aniqlash tartibini belgiladi, deb xabar qilmoqda RT.  Yangi qoida 180 kundan so‘ng kuchga kiradi.

Dmitriy Medvedev imzolagan qarorda aytilishiga ko‘ra, "Internet", ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar foydalanuvchilarining shaxslari mobil radiostansiya abonent nomeri haqidagi ma’lumotga asosan aniqlanadi.

Ushbu choralar “fuqarolar uchun xavfsiz bo‘lgan kommunikatsiya muhit yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda”, - deyilgan qaror matnida.

Oldin Vazirlar Mahkamasi tomonidan messenjerlar yaratuvchilari har bir abonentning shaxsini  mobil aloqa operatori orqali aniqlashlari kerakligi haqida qoidalar ishlab chiqarayotganini xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0