Otasining mashinasini ruxsatsiz haydab YTHga uchradi

© MVD Respubliki UzbekistanAvariya v g. Tashkent s uchastiyem avtomobilya "Mersedes-bens"
Avariya v g. Tashkent s uchastiyem avtomobilya Mersedes-bens - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yuqori sinf o‘quvchisi sodir etgan avtohalokatda bir kishi vafot etdi.

TOShKENT, 6 noya - Sputnik. Toshkent shahrida yuqori sinf o‘quvchisi otasining avtomobilda avtohalokatga uchradi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.

“3 noyabr kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi 67-sonli o‘rta maktabning yuqori sinf o‘quvchisi M.K., sinfdoshi M.A. bilan otasiga tegishli “Mersedes-bens” rusumli avtomashinani hujjatlarsiz Asalobod ko‘chasida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan”, -  deyilgan xabarda

Avtohalokat oqibatida jarohat olgan yo‘lovchi M.A. shifoxonada, ko‘rsatilgan yordamga qaramay vafot etgan. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0