Jamiyat

Oʻzbekistonda oʻqituvchi va murabbiylar xiyobonlari tashkil etiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovLyudi gulyayut v parke
Lyudi gulyayut v parke - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Tematik xiyobonlar faoliyati 2018−2020 yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri markazlarida yoʻlga qoʻyiladi

TOSHKENT, 5 noya - Sputnik. Oʻzbekiston Hukumati mamlakatda "Oʻqituvchi va murabbiylar xiyobonlari"ni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarorni qabul qildi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi "Huquqiy axborot" kanali orqali xabar berildi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev: Oʻqituvchini hurmat qilmagan rahbarni men hurmat qilmayman

Qaror bilan "Oʻqituvchi va murabbiylar xiyobonlari"ning kontseptsiyasi tasdiqlangan. Kontseptsiya xiyobonlarni rivojlantirish va uning doimiy faoliyatini tashkil etishning quyidagi asosiy yoʻnalishlarini nazarda tutadi.

Masalan: infratuzilma va moddiy-texnik bazani takomillashtirish; taʼlim va maʼrifiy faoliyatni rivojlantirish;

madaniy-maʼnaviy dam olish xizmatlaridan keng foydalanish; bolalar uchun koʻngilochar maydonchalari tashkil etish;

ajdodlar tomonidan toʻplangan tarixiy va madaniy tajriba jamiyat aʼzolarining individual va umumiy rivojlanishi uchun zarur shart ekanligini jamoatchilik ongiga singdirish.

Tematik xiyobonlar faoliyati 2018−2020 yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri markazlarida yoʻlga qoʻyiladi.

Mazkur xiyobonlarda oʻqituvchi va murabbiylarning siymosini aks ettiruvchi, ularning nufuzini oshiruvchi monumentlar, kutubxonalar, ilmiy-maʼrifiy binolar, muzeylar yoki kichik koʻrgazma zallari va boshqa koʻngilochar obʼyektlar tashkil etiladi.

Xiyobonlarning namunaviy loyihasini ishlab chiqish Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0