O‘zbekiston va Belarus bosh vazirlari hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini imzoladilar

© Sputnik / Tigran MegrabanRukopojatie
Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Meva-sabzavot va boshqa mahsulotlar o‘zaro savdo hamjmi yiliga 10 million dollarga ortishi rejalashtirilgan", - deyiladi xabarda

TOShKENT, 5 noya — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Belarus bosh vaziri Sergey Rumas hamkorlik bo‘yicha ikkiyoqlama bitimni imzoladilar, deb xabar berdi Belarus hukumati matbuot xizmati.

Prezident Belorussii Aleksandr Lukashenko - Sputnik O‘zbekiston
Lukashenko: Mirziyoyev, Karimov va yo‘qotilgan yillar haqida

Yo‘l xaritasi doirasida tomonlar savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika va sog‘liqni saqlash, qurilish va boshqa sohalarda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

"Tadbirlarning bir qismi gumanitar hamkorlik va mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish, qardoshlik aloqalarini o‘rnatishga bag‘ishlangan", - deb aniqlik kiritgan Belarus hukumati matbuot xizmati.

Mamlakatlar o‘zaro oziq-ovqat yetkazib berishni tashkil etishni rejalashtirishmoqda. Xususan, Belarus tomon solod va shakar eksport qilishga, O‘zbekiston tomon esa quritilgan mevalar hamjmini oshirishga tayyorligini bildirishgan.

"Meva-sabzavot va boshqa mahsulotlar o‘zaro savdo hamjmi yiliga 10 million dollarga ortishi rejalashtirilgan", - deyiladi xabarda.

Shuningdek, ikki davlat sut, dorivorlar, tibbiy anjomlar, mini-traktorlar, velosipedlarni ishlab chiqish bo‘yicha qo‘shma korxonalarni tashkil etish masalalarini muhokama qilishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0