Eronning amerika sanksiyalariga javobi: AQShni pushaymon qildiramiz

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident Islamskoy Respubliki Iran Xasan Rouxani, foto iz arxiva
Prezident Islamskoy Respubliki Iran Xasan Rouxani, foto iz arxiva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vashingtonning Tehronga qarshi sanksiyalari qayta kuchga kirdi. Bu galgi sanksiyalar asosan neft eskportini qamrab olgan

TOShKENT, 5 noya — Sputnik. Eron prezidenti Hasan Rohoniy Press TV telekanali efirida Eron amerika sanksiyalarini aylanib o‘tib, AQShni "pushaymon qildirishi" haqida bayonot qildi.

"Birlik va hamkorlikdagi hatti harakatlar bilan biz... sanksiyalarni aylanib o‘tamiz, biz AQShni pushaymon qilishga majbur etamiz, biz chet el investitsiyalarini mamlakatga jalb qilamiz... Biz iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini yangilaymiz", - dedi Ruhoniy. RIA Novosti xabariga asosan.

Rossiya, Hindiston va Eron Sues kanaliga muqobil yo‘nalish ochadi

Eslatib o‘tamiz, bugun, 5-noyabrdan AQShning Eronga qarshi e’lon qilgan sanksiyalari kuchga kirdi. Sanksiyalar neft eksporti sohasini qamrab oladi. Vashington eron nefti eksportini nolgacha oborish maqsadi haqida e’lon qilgan va barcha xaridorlarni Erondan neft olishdan voz kechishga chaqirgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp may oyida Vashington Eron bilan yadro dasturi bo‘yicha bitimdan chiqayotganini e’lon qilgan edi. Tramp, shuningdek, Eronga qarshi sanksiyalarning barchasi, shu jumladan, ikkilamchilari, ya’ni Eron bilan biznes qiladigan mamlakatlarga qarshi sanksiyalar ham qayta tiklanishini e’lon qilgandi.

Kuni kecha AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo sanksiyalar ro‘yxatiga 600 dan ortiq alohida shaxslar va kompaniyalar kiritilgani haqida e’lon qildi. Ular bilan biznes qilishni davom etadiganlar AQShning ikkilamchi sanksiyalariga tushishlari xavfi mavjud. Pompeoning aytishicha, ushbu cheklovlar "eron rejimi hatti-harakatiga ta’sir ko‘rsatishi kerak".

Yangiliklar lentasi
0