TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Boshqa davlat mehmonlari O‘zbekiston mehmonxonalarining eng muhim kamchiliklaridan biri internet yomonligi yoki internet umuman yo‘qligini ma’lum qilishdi. "Ya otelyer" xizmati tadqiqotlari shuni ko‘rsatdi, tadqiqot natijalari bilan Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi bo‘lishgan.
Ushbu kompaniya jamoasi Booking.comдаги ma’lumotlari asosida izohlarni tahlil qildi.
Sayyohlarning to‘rtta eng ommabop yo‘nalishlari: Toshkent, Buxoro, Xiva, Samarqand hamda mehmonxonani ijaraga oluvchilar uchun muhim bo‘lgan omillar tanlab olindi.
Ular orasida – “narx va sifat o‘zaro munosabati”, “xodimlar”, “internet”, “joy”, “ozodalik”, “qulaylik” o‘rin olgan. Umuman olganda har bir shahar yuqori ballarni olgan, ammo hammada “internet” mezoni bo‘yicha past ko‘rsatkichlarni ko‘rsatdi.
Bepul Wi-Fi zonasini kengaytirish maqsadida, jamoat va sayyohlik joylarida sayyohlar uchun bepul internetni tashkil qilgan subyektlarga imtiyozlar taqdim etilganini turizm qo‘mitasida eslatib o‘tishdi. O‘zbekiston prezidenti 2018-yil 3-fevral kuni bu masala bo‘yicha tegishli farmonni imzolagandi.
Yozda Toshkentning Sayilgoh ko‘chasida, uni Brodvey deb ham atashadi, birinchi bepul shahar Wi-Fi zonasi o‘rnatilgandi.
Bu loyiha Innovo.Tech kompaniyasi shahar hokimiyati turizmni rivojlantirish qo‘mitasi va shahar ma’muriyati qoshidagi jamoat kengashi ko‘magida boshlab berilgandi.