Toshkentda noqonuniy qassobxona yopildi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishRazdelka sirogo masa
Razdelka sirogo masa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tekshiruv davomida ushbu uyda 187 kg qo‘y go‘shti va 247 kg mol go‘shti topilib musodara qilindi.

TOShKENT, 2 noya – Sputnik. Prokuratura idoralaridan kelib tushgan ma’lumotga ko‘ra, Toshkent viloyatida yashovchi shaxs Olmazor tumanidagi xususiy uyda chorva mollarini so‘yish bo‘yicha noqonuniy ish olib borgan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar qildi.  

O‘zbekistonda sentabr oyida go‘sht, non, guruch narxi qimmatlashdi

Xabarda aytilishicha, tekshiruv davomida ushbu uyda 187 kg qo‘y go‘shti va 247 kg mol go‘shti topilib musodara qilindi.

Ushbu fakt asosida Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi 53 yoshli G‘ofur Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 186-moddasi (“Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadida ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Yangiliklar lentasi
0