Siemens O‘zbekistonda bir necha yirik loyihalarda ishtirok etadi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishOfis kompanii Siemens v Moskve
Ofis kompanii Siemens v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Siemens xoldingi delegatsiyasi 29-dan 31-oktabr kunlari O‘zbekistonga tashrifi buyurgan edi.

TOShKENT, 1 noya - Sputnik. “Siemens” kompaniyasi vakillari O‘zbekistonga bo‘lgan tashrif doirasida mahalliy kompaniyalar va idoralar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, transport va energetika sohalaridagi loyihalarni muhokama qilishdi, deb xabar qilmoqda xolding matbuot xizmati.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” rahbari bilan lokomotivlarni yetkazib berish, temir yo‘llarni va saralash stansiyalarini avtomatizatsiya qilish loyihalarini muhokama qilindi. Bundan tashqari, “Siemens” delegatsiyasi "O‘zbekneftgaz" va "O‘zbekenergo" kompaniyalari bilan ham muzokalar olib bordi.

Xususan, Toshkent, Talimarjon va Sirdaryo IESlarni modernizatsiya qilish va kengaytirish loyihasida ishtirok etishi, mamlakatning elektr tarmoq xo‘jaligida Smart Grid,  texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, taraflar O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Oripov bilan muloqot chog‘ida energetika, transport, sanoat va boshqa sektorlarda umumiy loyihalar haqida to‘xtalib o‘tishdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va “Siemens” kompaniyasi orasida keng ko‘lamli loyihalar bo‘yicha hamkorlik qilish o‘tgan yilning noyabr oyida boshlangan edi. O‘shanda sog‘liqni saqlash, isitish energetika kompleksi, shahar infratuzilmasi (“aqlli shahar” konsepsiyasi) sohasida texnologik sherikchilik to‘g‘risida shartnomalar imzolangandi.

Yangiliklar lentasi
0