Narkolog: "Tramadol” giyohvand moddalarga o‘xshaydi – ilk iste’moldan tobelik paydo bo‘ladi

Obuna bo‘lish
Shifokor-narkolog psixotrop vositalarni xavfliligini va ushbu tobelik nimalarga olib kelishini tushuntirib berdi.

TOShKENT, 1 noya – Sputnik. O‘zbekistonda shifokor ruxsatisiz iste’mol qilish ta’qiqlangan psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi vositalarni noqonuniy aylanishi va kontrabandasi ko‘paygan, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Mutaxassislar va huquqni himoya qiluvchi organ vakillarining so‘ziga qaraganda, “Tramadol” tabletkasi ta’sirini giyohvand moddalari ta’siriga qiyoslash mumkin.

“Ilk iste’moldanoq odamda tobelik paydo bo‘ladi. Oldiniga inson eyforiya his etadi, ammo keyingi iste’mol qilish organizmda og‘riq va noqulayliklarni keltirib chiqaradi, navbatdagi doza (miqdor) esa – ehtiyojga aylanadi. Doza kun sayin oshib boradi,  uni sotib olish uchun ko‘roq pul kerak bo‘ladi, shuning uchun giyohvandlar jinoyatga qo‘l urishadi. Avvaliga oila jamg‘armasini sarflashadi, keyin uydan sotilishi mumkin bo‘lgan narsalarni olib chiqishadi, undan so‘ng jinoyat sodir qilishlari mumkin – o‘g‘irlik, talon-tarojlik yoki qotillik”, - deydi narkolog.

O‘zbekistonda shunga o‘xshash moddalarni noqonuniy tarqatishga qarshi faol kurash olib borilmoqda. So‘nggi bir necha oyning o‘zidayoq umumiy narxi o‘ng minglab dollarga teng bo‘lgan psixotrop vositalarning bir necha partiyasi musodara qilindi.

Narkoticheskie veshestva v tabletkax - Sputnik O‘zbekiston
Bojxona “Lirika” va “Tramadol” dorilari bo‘yicha ogohlantirish berdi

O‘zbekistonda aylanishi ta’qiqlangan giyohvand va psixotrop vositalar ro‘yxati 2015-yilning iyun oyidan 80 xil dori turlari bilan to‘ldirilgan. Ayni vaqtda ro‘yxatga tabiiy va sun’iy moddalarning 238 turi kiritilgan.

Ular orasida kuchli ta’sir etuvchi “Tramadol” ham bor. Bu markaziy asab sistemasiga ta’sir ko‘rsatuvchi, og‘riqni pasaytiruvchi vosita hisoblanadi. O‘tgan asrning o‘rtalarida ishlab chiqilgan va tibbiyotda keng tarqalgan. Xususan, u og‘ir diagnostik va terapiya davolashda, hamda og‘ir shok va jiddiy yallig‘lanish holatlarida og‘riqni pasaytiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi.

Rossiya Federatsiyasida ushbu modda 2007-yildan kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan. Uning sotuvga chiqarilishi giyohvand moddalarni nazorat qiluvchi organ tomonidan qattiq nazoratga olingan.

Yangiliklar lentasi
0