Putin jahonda ziddiyat oshayotganiga e’tibor qaratdi

© Sputnik / Aleksey NikolskiyPrezident RF V. Putin na Desatom sammite BRIKS v YuAR
Prezident RF V. Putin na Desatom sammite BRIKS  v YuAR - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Putin Ukraina va Boltiq bo‘yi davlatlarida tarix qaytadan yozilayotgani, yodgorliklar va rus tiliga qarshi kurash olib borilayotganini misol tariqasida keltirib o‘tdi

TOShKENT, 31 okt - Sputnik. Jahondagi holat oddiy emas, ziddiyat kuchaymoqda va ko‘p yillik kelishuvlar barbod bo‘lmoqda, deb bayonot qildi Rossiya prezidenti Vladimir Putin xorijda istiqomat qiluvchi VI butunjahon vatandoshlar kongressida.

Zaderjanie terrorista sotrudnikami FSB - Sputnik O‘zbekiston
O‘tgan yil davomida 360 nafar Internet-terrorchilar qo‘lga olindi - Sisoyev

"Bu ayniqsa, hozir, bizning mamlakatimiz kelajagiga bevosita aloqador masalalar hal etilayotgan vaqti juda muhim. Jahondagi vaziyat murakkab, ziddiyat kuchaymoqda, xalqaro huquq asoslari buzilmoqda, ko‘p yillik kelishuvlar barbod bo‘lmoqda", - deb bayonot qildi Putin.

Rossiya prezidenti, shuningdek, qator mamlakatlarda rusofobiya kayfiyati va millatchilikning boshqa o‘ta agressiv shakllari kuchayayotganini qayd etib o‘tdi.

Putin Ukraina va Boltiq bo‘yi davlatlarida tarix qaytadan yozilayotgani, yodgorliklarga va rus tiliga qarshi kurash olib borilayotganini misol tariqasida keltirib o‘tdi.

"Odamlarni qo‘rqitishmoqda, ularni qo‘rqitib, o‘z hukmini o‘tkazishmoqda", — deb qo‘shimcha qildi Putin.

Yangiliklar lentasi
0