TOShKENT, 29 okt – Sputnik. Xodimlari Toshkent shahrida doimiy propiska olishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar soni bittaga ko‘paydi, deb xabar qilmoqda “Xalq so‘zi”.
“Hukumatning 2018-yil 26-oktabrdagi qarori bilan Davlat veterinariya qo‘mitasi Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi“, deyiladi xabarda.
Ushbu kunga qadar xodimlari Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatdan o‘tish huquqiga ega bo‘lgan 69 ta tashkilot mavjud edi.