TOShKENT, 29 okt – Sputnik. Toshkentda “Lasetti” ishtirokidaga avariyada 1 kishi qurbon bo‘ldi, deb xabar qilmoqda, IIBB matbuot xizmati.
27 oktabrdan 28oktabrga o‘tar kechasi, Shayxontoxur tumani hududida, soat 02:00 atrofida “Lasetti” avtomobili haydovchisi YPX inspektorining to‘xtash haqidagi talabiga bo‘y sunmasdan, undan qochish maqsadida katta tezlikda harakatlanib, chorrahadan svetoforning qizil chirog‘iga o‘tib ketadi va “Howo” rusumli beton qorishtiruvchi mashinaga borib uriladi.
YTH oqibatida “Lasetti” yo‘lovchisi 26 yoshli Shaxboz X. voqea joyida vafot etadi, haydovchi Jurabek A.tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqiziladi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, “Lasetti” avtomobili haydovchisi Jo‘rabek A., algokolli ichimliklar ichib avtomobilni boshqargani tufayli, 2018-yilning 12 aprelidagi sud qarori bilan haydovchilik guvohnomasidan 1,5 yilga mahrum qilingan bo‘lgan.
Bo‘lib o‘tgan voqea yuzasida O‘zbekiston JKning 266 moddasiga (Transport vositalarini boshqarish va ekspluatatsiya qilish qoidalarini buzish) binoan Jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Shu bilan bir vaqtda, ushbu avtomobilni ta’qib qilgan YPX xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazish belgilangan.