O‘zbekistonda davlat stipendiatlari aniqlandi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishAksiya "Bolshoy etnograficheskiy diktant" v gorodax Rossii
Aksiya Bolshoy etnograficheskiy diktant v gorodax Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oliy ta’lim vazirligi maxsus komissiyasi davlat stipendiyalari olishga loyiq bo‘lgan 186 talabani tanladi.

TOShKENT, 27 okt - Sputnik. O‘zbekiston Oliy ta’lim vazirligining maxsus komissiyasi 186 nafar talabaga davlat davlat stipendiyasi berishga qaror qildi, O‘zA xabariga asosan. 

"O‘zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash bo‘yicha tanlov komissiyasining bayoni bilan 2018-2019—o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining oxirgi ikki kursida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarga olti xil Davlat stipendiyalari tayinlandi", - deyilgan xabarda.  

Talabalarga tayinlangan stipendiyalarning tarkibi quyidagicha:

– 55 nafari Navoiy Davlat stipendiyasi;

– 56 nafari Beruniy Davlat stipendiyasi;

– 9 nafari Ulug‘bek Davlat stipendiyasi;

– 9 nafari Ibn Sino Davlat stipendiyasi;

– 2 nafari Imom al-Buxoriy Davlat stipendiyasi;

– 55 nafari Islom Karimov Davlat stipendiyasi.

Sovrindor talabalarga 2018-yil 1-sentabridan boshlab joriy o‘quv yili davomida Davlat stipendiyasi tayinlanadi.

 

Yangiliklar lentasi
0