Mehnat vazirligi fermerlarni “xo‘rlagan” rahbarni izlamoqda

© Alisher Ergashev, Dialog s narodomFermeri, yakobi nakazannie za nevipolnenie plana po sboru xlopka
Fermeri, yakobi nakazannie za nevipolnenie plana po sboru xlopka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Mehnat vazirligi fermerlarni ariq ichida turg‘izib qo‘yib majlis o‘tkazgan rahbarni izlamoqda.

TOShKENT, 27 okt – Sputnik. O‘zbekiston Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, 6 nafar erkak kishi ariq ichida turib nutq eshitayotgan rasm orqasidan tekshiruv o‘tkazmoqda.

Vazirlik, xususan, o‘zining rasmiy sahifasida  quyidagi e’lonni joylashtirgan.

"DIQQAT!
2018-yil 27-oktabr ijtimoiy tarmoqlarda paxta dalasi yonidagi ariqqa tushib turgan 6 nafar kishining suratlari tarqaldi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ushbu rasmda suratga olingan joy va sharoitni aniqlashga yordam beruvchi har qanday ma’lumotlar haqida xabar berishingizni so‘raydi. Telefon/telegram: +998951458844" , - deyilgan rasmiy xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, bugun Facebookdagi “Xalq bilan muloqot” guruhida foydalanuvchilardan biri ariq ichida tizzisigacha suvga botgan holda qo‘lida daftar va ruchka ushlab turgan 6 nafar erkak kishining fotosuratini joylashtirgan edi.

Fotosuratga qoldirilgan izohda "Paxta rejasini bajaraolmayotgan fermerlarni mana shunday xolatda "majlis darsi" o‘tilibdi", - deyilgan.  

Ushbu fotosurat juda ko‘plab izohlarga sabab bo‘ldi. Foydalanuvchilarning aksariyati, nega ko‘rinishidan tog‘ni ursa talqon qiladigan, zabardast erkaklar o‘zlarini bunchalik kamsitishga qo‘yib berganidan taajublansa,  boshqalar - shu ishni qilgan feodal va mushtumzo‘r rahbardan g‘azabi qaynagan. 

Toxir Abdullayev ismli foydalanuvchi esa "Ertaga shu olti kishi raddiya bermasa buldi edi, suvga uz "ixtiyorimiz" bilan tushgandik deb", - degan izoh qoldirgan. 

Vaziyat juda ta’sirli bo‘lganidan, bir zumda internetda ushbu mavzuda memlar va ko‘plab hazillar paydo bo‘ldi. Birov "Birinchi zarbada tizzalarigacha yerga kirib ketibdi", desa boshqasi "Uchqo‘rg‘onda odamlarni uchqo‘rg‘onidan ko‘rsatishibdi", degan. Yana bir kishi esa - "Bular nemislarga asirga tushganmi?" deb yozgan. 

 

Yangiliklar lentasi
0