TOShKENT, 27 okt - Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari “Islomiy davlat” terrorchi tashkilotiga a’zo bo‘lgan yashirin guruhni qo‘lga oldi. Ular Moskvada qo‘lbola bomba va o‘qotar qurollar yordamida terakt uyushtirishni rejalashtirotgan bo‘lgan, deb xabar qilmoqda FSB matbuot xizmati.
Maxsus operatsiya FSB va Rosgvardiya xodimlari ishtirokida amalga oshirildi. Umumiy hisobda olti kishi qo‘lga olindi. ularning turar joyidan avtomatik o‘qotar qurollar, pul va uyali telefonlar topilgan. Undan tashqari qo‘lbola portlovchi moslamalar yasash uchun detallar va yo‘riqnoma ham topilgan.
Bo‘lajak terrorchilarning harakatlari Suriyadan turib boshqarib turilgan. Boshliqlarning kelib chiqishi Markaziy Osiyo hududidan bo‘lgan.
FSB xabarida aytilishiga ko‘ra, qo‘lga olinganlar Moskvada qo‘lbola bomba va o‘qotar qurollar yordamida terakt uyushtirishni rejalashtirotgan bo‘lgan. Ushbu faoliyat xorijdan, jinoiy yo‘l bilan topilgan mablag‘ evaziga moliyalashtirilgan.
FSB xabariga ko‘ra, guruh a’zolari o‘ta jiddiy konspiratsiya choralaridan foydalangan.