TOShKENT, 26 okt - Sputnik. Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudi tomonidan Qo‘qondagi maxsus kollejining 4 nafar xodimlariga “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida ajrim chiqardi. Bu haqda Uznews.uz nashri xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan Rano Yuldasheva (1960 yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – oliy, oilali, 4 nafar farzandi bor, muqaddam sudlanmagan, Qo‘qon shahar Maxsus yengil sanoat kasb-hunar kolleji direktori lavozimida ishlagan) va Odil Shermatov (1955 yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – o‘rta, oilali, 5 nafar farzandi bor, muqaddam sudlanmagan, Qo‘qon shahar Maxsus yengil sanoat kasb-hunar kolleji omborchisi lavozimida ishlagan) ga hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 3-qismi “a” bandi va 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan Gapporjon Sultonov (1972 yilda Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – o‘rta, oilali, 2 nafar farzandi bor, muqaddam sudlanmagan, Qo‘qon shahar Maxsus yengil sanoat kasb-hunar kollejida jamoat ishlari bo‘yicha tartib saqlovchi lavozimida ishlagan)ga va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan Otabek Ro‘zimatov (1992 yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – oliy, oilali, 1 nafar farzandi bor, muqaddam sudlanmagan, Qo‘qon shahar Maxsus yengil sanoat kasb-hunar kolleji o‘quv bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan) ga nisbatan Qo‘qon shahar prokuraturasining “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomalari ko‘rib chiqildi va qanotlantirildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining 2018-yil 17 va 18-oktabrdagi ajrimlariga mufoviq ayblanuvchilar R. Yuldasheva, O. Shermatov, G. Sultonov va O. Ro‘zimatovga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.