O‘zbekistonda valyutani komissiyasiz konvertatsiya qiladigan bankomatlar paydo bo‘ldi

© Foto : GlobUzV Tashkente zarabotal perviy bankomat s funksiyey obmena valyuti
V Tashkente zarabotal perviy bankomat s funksiyey obmena valyuti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bunday modeldagi bankomatlarning O‘zbekistonning bir necha banklari xarid qilishgan.

TOShKENT, 26 okt - Sputnik. Umumrespublika yagona protsessing markazi (UYaPM) tomonidan CINEO C4560 modelidagi yangi bankomatlarga UzSard kartalari egalariga xizmat ko‘rsatish dasturiy ta’minot o‘rnatilgan, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.

Oplata pokupki cherez terminal plastikovoy bankovskoy kartoy - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda milliy to‘lov tizimining nomi aniqlandi

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘p funksionalli CINEO C4560 bankomatlari jahonning yetakchi Diebold Nixdorf konserni tomonidan yetkazib berilmoqda.

Bugungi kunda bunday modeldagi bankomatlarning O‘zbekistonning bir necha banklari xarid qilishgan.

Qayd qilinishicha, CINEO C4560 bankomatining asosiy afzalliklaridan biri pul mablag‘larini konvertatsiya qilishdan iborat, ya’ni endi xorijiy valyutani so‘mga to‘g‘ridan to‘g‘ri bankomat orqali konvertatsiya qilish mumkin.

Valyuta kursi muayan bankomatga xizmat ko‘rsatayotgan bank tomonidan o‘rnatiladi, bu holda karta egasidan komissiya to‘lovi olinmaydi.

 

Yangiliklar lentasi
0