O‘zbekistonda psixiatr shifokorlar yetishmayotganligi tanqid ostiga olindi

© Sputnik / Aleksey KudenkoRabota sentra sudebnoy psixiatrii im. V. P. Serbskogo
Rabota sentra sudebnoy psixiatrii im. V. P. Serbskogo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ish haqining pastligi, shifokorlarning sog‘lig‘i va hayoti ijtimoiy sug‘urtalanmaganligi sababli ko‘plab kadrlar, ayniqsa yoshlar ishdan bo‘shab, xususiy klinikalarga o‘tib ketmoqda

TOShKENT, 26 okt - Sputnik. 2018-yil 26-oktabr kuni Oliy Majlisi Senatida Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi.

Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Sog‘liqni saqlash vazirligi kaltaklangan shifokor voqeasiga munosabat bildirdi

Majlisda psixiatriya muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlarning natijalari muhokama etildi.

Respublikada 25 ta psixiatriya muassasasi faoliyat yuritmoqda. Eng dolzarb muammolardan biri sifatida joylarda psixiatr shifokorlarining yetishmasligi hamda psixiatriya muassasalarini malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlari sust olib borilayotganligidir.

O‘rganish ko‘rsatishicha, ish haqining pastligi, shifokorlarning sog‘lig‘i va hayoti ijtimoiy sug‘urtalanmaganligi sababli ko‘plab kadrlar, ayniqsa yoshlar ishdan bo‘shab, xususiy klinikalarga o‘tib ketmoqda.

2018 yilning birinchi yarim yilligida respublika bo‘yicha 74 nafar mutaxassis, shu jumladan ularning 16 nafari oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari sohada ishlashni boshlagan bo‘lsa, yarim yillikning oxiriga kelib ularning 89 foizi, ya’ni 66 nafari sohani tark etgan.  

Zdanie ministerstva zdravooxraneniya Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan bosh shifokor ishdan bo‘shatildi

Soha uchun muhim bo‘lgan mutaxassislar – suitsidolog va psixiatriyaga aloqador boshqa tor ixtisosliklar bo‘yicha shifokorlar yetishmayotganligi keskin tanqid ostiga olindi.  

Bu borada tibbiyot yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlarining dasturlarini qayta ko‘rib chiqish, kadrlar sonini ko‘paytirish, yosh malakali mutaxassislarni rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqish zarurligiga alohida urg‘u berildi.

Ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining tegishli qarori qabul qilindi.

Yangiliklar lentasi
0