TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Toshkentda Qo‘yliqda joylashgan Compass savdo-ko‘ngilochar markazi tarkibida birinchi gipermarket ochilishi kutilmoqda.
Makro savdo belgisi ostida ochiladigan gipermarket maydoni 7500 kvadrat metrni tashkil qiladi. Uning ichida har bir oziq-ovqat mahsulotining bir necha o‘nlab xillari, tayyor oziq-ovqatlar, pishiriqlar ham bo‘ladi.
Yevropa standandartlari asosida quriladigan gipermarketda oziq-ovqatdan tashqari kosmetika, uy-ro‘zg‘or buyumlari, kiyim-kechak, uy va bog‘ obodonligi uchun buyumlar xarid qilish mumkin bo‘ladi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, Compass savdo-ko‘ngilochar markazida O‘rta Osiyoda birinchi tom ustiga qurilgan parkovka hamda eng katta atriumga ega bo‘ladi.