O‘zbek go‘zallari MDHni zabt etmoqda: Yerevanda go‘zallik tanlovi boshlandi

© FacebookNigina Faxriddinova
Nigina Faxriddinova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tanlov 25-oktabrda Yerevanda boshlanadi, unda 16 mamlakatdan 30 nafar sohibjamollar ishtirok etishmoqda

TOShKENT, 25 okt - Sputnik. Bugun Yerevanda "Top model MDH-2018" go‘zallik tanloviga start berildi.

Uchastnitsa konkursa Miss Zemlya iz Livana Salva Akar - Sputnik O‘zbekiston
“Zamin go‘zali” tanlovida Livan ishtirokchisi unvondan mahrum etildi

Joriy yilda sobiq ittifoqning 16 mamlakatidan 30 nafar qizlar ishtirok etishmoqda. O‘zbekistondan ushbu tanlovda Nigina Faxriddinova, Parizoda Quvondiqova va Indira Aliyevalar qatnashmoqda.

"Tanlov maqsadi - MDH mamlakatlarini moda va kinoindustriya olamida oliy darajada munosib taqdim eta oladigan qizlarni aniqlash. Tanlov g‘olibasiga dunyoga mashhur moda uylari va produserlik markazlaridan taklifnomalar keladi", — deb xabar qilmoqda tashkilotchilar.

Tanlov yakuni 4-noyabr kuni Armanistondagi Karen Demirchan nomidagi sport-konsert majmuasida o‘tkaziladi.

G‘olib reklama agentliklari, modalar uylari va produserlik markazlaridan taklifnomalar bilan birga pul mukofotini qo‘lga kiritadi.

Yangiliklar lentasi
0