TOShKENT, 25 okt — Sputnik. MDHning eng yaxshi ijtimoiy reklamasini tanlashda yordam bering, deb murojaat qilmoqda “Impuls” ijtimoiy reklama tanlovi tashkilotchilari. Buning uchun 5 -25 noyabrda tanlov sahifasiga kirib o‘zingizga yoqqan ijtimoiy reklama uchun ovoz bering, deyilgan xabarda.
Bu yil ushbu konkurs 5 marotaba o‘tkazilmoqda va unga Rossiya, Belarus va Qozog‘istonlik ishtirokchilardan 533 ta ariza berilgan.
Shu bilan birga "Impuls" tashkilotchilari, MDH davlatlarini ushbu ijtimoiy reklama tanlovida faolroq ishtirok etishga chaqirmoqda. Bu haqida RIA Novostiga Rossiya Monopoliyaga qarshi kurash xizmati rahbari o‘rinbosari Andrey Kashevarov xabar qildi.
Oldin faqat Rossiya ichida o‘tkazilgan “Impuls” ijtimoiy reklama tanlovi 2017-yildan buyon xalqaro tus olgan. O‘tgan yilgi tanlovda Qozog‘iston Mehnat vazirligi tomonidan tayolangan ijtimoiy reklama yetakchi o‘rinlardan birini egallagan edi.