O‘zbekistonda ikkita avtohalokat oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi

© PixabayZnak avariynoy ostanovki
Znak avariynoy ostanovki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sodir bo‘lgan YTHlar yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilayotgani qayd etilgan.

TOShKENT, 23 okt - Sputnik. 22-oktabr kuni sodir bo‘lgan YTHlar oqibatida 9 kishi hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati.

Strashnaya avariya na TTZ - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda mudhish YTH sodir bo‘ldi

Xabarda aytilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan olingan ma’lumotga asosan, joriy yilning 22-oktabr kuni soat 08:05larda Beruniy tumani hududidan o‘tuvchi A-380 “Buxoro-Nukus-Beruniy” avtomobil yo‘lining 680 km da harakatlanib ketayotgan “Neksiya” rusumli, d/r 95 E 960 GA avtomobil boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan “Kobalt” rusumli d/r 95 313 NAA avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan.

YTH natijasida 5 nafar fuqaro vafot etgan va 5 nafar fuqaro tan jarohati olgan.

Jarohatlangan fuqarolar Beruniy tumani kasalxonasiga yotqizilgan.

Yana bir YTH Buxoro viloyati hududida sodir bo‘lgan.

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan olingan ma’lumotga asosan, joriy yilning 22-oktabr kuni soat 12:00larda Jondor tumani Gazli hududidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lining 333 km da harakatlanib ketayotgan “Lasetti” rusumli, d/r 90 L 998 NA avtomobil boshqaruvni yo‘qotib, shu yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan “Isuzi” rusumli d/r 90 N 209 LA yuk mashinasining orqa tomoniga kelib urigan. To‘qnashuv natijasida “Lasetti” avtomobilida yong‘in chiqib, mashina ichidagi 4 nafar fuqaro vafot etgan.

Sodir bo‘lgan YTHlar yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilayotgani qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0