O‘zbekiston va Rossiya migrantlar pensiyasi haqida shartnoma tayyorlamoqda

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishInostrannie rabochie vozvrashayutsya k rabote posle obedennogo pereriva
Inostrannie rabochie vozvrashayutsya k rabote posle obedennogo pereriva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu shartnoma qonuniy ishlayotgan migrantlarga o‘z vatanlarida pensiya olish huquqini beradi.

TOShKENT, 22 okt – Sputnik. Kelajakda Rossiya va O‘zbekiston pensiya shartnomasi imzolash haqida kelishilb olishlari mumkin, deb xabar qildi Rossiya Mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Maksim Topilin “Izvestiya” nashriga.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu shartnomaga doir masalalar Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida muhokama qilingan.

Invalidi-veterani Velikoy Otechestvennoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya urush faxriylari va mehnat migrantlariga pensiya to‘lashi mumkin

Maksim Topilin so‘zlariga ko‘ra, kelajakda Rossiya va O‘zbekiston pensiyalar haqida shartnoma imzolashlari mumkin. Unga ko‘ra Rosssiyada qonuniy ishlab, barcha soliqlarni to‘layotgan O‘zbekiston fuqarolari, o‘z vatanlarida ma’lum to‘lovlarga umid qilishlari mumkin bo‘ladi.  

O‘zbekiston tomonining yana bir tashabbusi – respublikada maxsus markaz tashkil qilib, u yerda mehnat migrantlariga, Rossiyaga ketishan oldin ishlashga ruxsatnoma va patentlar rasmiylashtirishni yo‘lga qo‘yishdir.

Ayni damda Rossiya va O‘zbekiston ijtimoiy sohada hamkorlik qilish haqida memorandum imzolashdi. Uning ichiga mehnat migrantlarini tashkillashtirilgan tartibda ishga yollash, mehnat bozorini monitoring qilish, tajriba almashish va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik qilish nazarda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0