Putin Ukrainaga qarshi sanksiyalarni kiritish to‘g‘risida qarorni imzoladi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin
Prezident RF V. Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Choralarni ishlab chiqish va ular ta’siriga tushadigan shaxslar ro‘yxatini tayyorlash to‘g‘risida Hukumatga topshiriq berildi.

TOShKENT, 22 okt - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklarga nisbatan Kiyevning harakatlariga javoban maxsus iqtisodiy choralar haqida qarorni imzoladi, deb xabar qildi Kreml rasmiy sayti.

Avtomobili Ravon - Sputnik O‘zbekiston
Ukraina O‘zbekiston avtomobillariga qo‘shimcha boj kiritishi mumkin

Bu “Ukrainaning xalqaro huquqqa zid bo‘lgan harakatlariga - Rossiya Federatsiyasi fuqarolari va yuridik shaxslariga nisbatan cheklovlar joriy etishi”ga javob bo‘ldi.

Ukraina Rossiya fuqarolari va kompaniyalariga o‘z sanksiyalarini to‘xtatsa Rossiya maxsus iqtisodiy choralarni bekor qiladi, deyilgan qarorda.

Iqtisodiy choralarni ishlab chiqish va ular ta’siriga tushadigan shaxslar ro‘yxatini tayyorlash to‘g‘risida Hukumatga topshiriq berildi.

Ukraina Rossiya kompaniya va fuqarolariga nisbatan sanksiyalarni kiritdi va bu ro‘yxatni doimiy ravishda to‘ldirib bormoqda. Oxirgi marta bu sentabr oyida amalga oshirildi: bu cheklovlarga “RJD Logistika”, "Promkompleksplast" va "Gazgolder” kompaniyalari tushdi.

Bundan tashqari, avgustda Ukraina Yevropa ittifoqining Qrim ko‘prigi qurilishi munosabati bilan 6 ta Rossiya kompaniyalari kirgan sanksiya ro‘yxatiga qo‘shildi.

Yangiliklar lentasi
0