TOShKENT, 22 okt - Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 23-oktabr kunidan boshlab yangi qiymatini belgiladi.
Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 18,06 so‘mga ko‘tarilib, 8226,10 so‘m tashkil qildi.
Yevro kursi esa 19,42 so‘mga tushib, 9 470,71 so‘mni tashkil qildi.
Rossiya rubli 1,91 so‘mga ortdi va 125,76 co‘mni tashkil qildi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.