O‘zbekiston va Rossiya to‘qimachilik sohasida chegarasiz hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

© Uztekstilprom«Uzbekistan-Rossiya: tekstilnoe sotrudnichestvo – bez granis”
«Uzbekistan-Rossiya: tekstilnoe sotrudnichestvo – bez granis” - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Ivanovo viloyati “O‘zto‘qimachiliksanoat” bilan tikuvchilik, to‘qimachilik va trikotaj sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.

TOShKENT, 21 okt – Sputnik. “O‘zbekiston – Rossiya” hududlararo biznes forumi doirasida O‘zbekiston va Rossiya yengil sanoati vakillari ishtirokida “To‘qimachilik sohasida chegara bilmas hamkorlik” mavzusida biznes sessiya bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Sessiya doirasida “O‘zto‘qimachiliksanoat” va Ivanovo viloyati orasida tikuvchilik, to‘qimachilik va trikotaj sohasida umumiy qiymati 60 mln AQSh dollari bo‘lgan Hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Undan tashqari Rossiya Sanoat va Savdo vazirligi hamda O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligi orasida umumiy qiymati 550 million dollar bo‘lgan Eksport va o‘zaro sarmoyalar haqida shartnoma imzolandi.

Uchrashuv so‘ngida rossiyalik mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0