Toshkentda gaz va elektr iste’mol miqdorlari kiritilishi mumkin

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishBlok reduktirovaniya, dlya regulyatsii davleniya gaza v truboprovode
Blok reduktirovaniya, dlya regulyatsii davleniya gaza v truboprovode - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Belgilangan miqdordan ortiq iste’mol qilingan energiya manbaalari uchun  20 % qimmatroq narx to‘lanadi. Hozircha bu eksperiment.

TOShKENT, 21 okt – Sputnik. Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab, sinov tariqasida, aholi uchun gaz va elektr iste’mol miqdorlari o‘rnatilishi mumkin. Bu haqida Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi qonun loyihasida aytib o‘tilgan.     

Qonun loyihasida aytilishiga ko‘ra,  2019 yilnng 1-yanvaridan boshlab Toshkentning Yunusobod tumanida sinov tariqasida quyidagi tartib joriy etilishi mumkin:

  • Aholi tomonidan bazaviy elektr iste’moli miqdorini har bir abonent uchun oyiga 300 kVt.soat miqdorida;
  • Xususiy uylarda iste’mol qilayotgan aholi uchun bazaviy gaz iste’moli miqdorini har bir abonent uchun oyiga 1000 kub.m miqdorida; qolgan holatlarda har bir abonent uchun oyiga 250 kub.m miqdorida belgilanadi. 

O‘z navbatida, taaluqli tashkilotlar aholi bilan quyidagi tartibda elektr va gaz uchun hisob-kitob  qilish mexanizmini ishlab chiqishlari kerak bo‘ladi:

  • baza normalari miqdorida – belgilangan tarif bo‘yicha;
  • baza normalaridan oshgan miqdorini – belgilangan tarifga 1,2 koefitsentini qo‘llagan holda;

“O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zbekenergo” AJ, Moliya va Iqtisodiyot vazirliklari, yuqoridagi eksperimentning amaliy natijalaridan kelib chiqqan holda, 2019-yilning 1-iyuliga qadar, bazaviy iste’mol normalarini qo‘llash haqida muayan takliflar ishlab chiqishlari kerak.

Eslatib o‘tamiz, yangi qonun loyihasi 3-noyabrga qadar muhokamada bo‘ladi. Yakuniy ko‘rinishda u mutlaq boshqacha bo‘lishi mumkin. Normativ-huquqiy hujjalarni muhokama qilish portalida, ushbu qonun haqida ko‘plab takliflar kiritilgan. 

Yangiliklar lentasi
0