Toshkentda “Moskva kunlari” bo‘lib o‘tmoqda

© SputnikDni Moskvi v Tashkente
Dni Moskvi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Moskva kunlari” tadbiri doirasida Toshkentda konsert dasturlari, do‘stona sport musobaqalari va ko‘rgazmalar bo‘lib o‘tadi.  

TOShKENT, 21 okt – Sputnik. Ushbu kunlarda Toshkentda “Moskva kunlari” tadbiri bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar qildi Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati.

“Moskva kunlari” tadbiri doirasida Toshkentda 21-23 oktabr kunlari qilichbozlik va sambo bo‘yicha Toshkent va Moskva sportchilari orasida do‘stona turnir bo‘lib o‘tadi. Turnirda Moskva shahrining sport mulozimlari ham mehmon bo‘ladi.  

Shuningdek, 19, 20, 21-oktabr kunlari Rossiyaning dunyoga mashhur Obrazsov nomidagi qo‘g‘irchoq teatri spektakllari ham bo‘lib o‘tadi.

Undan tashqari, Toshkentdagi Central Parkda 21-oktabr soat 12:00 da, Moskva shahar hukumati tomonidan maxsus do‘stona tadbir tashkil qilingan. Tadbir doirasida kadet korpusining chiqishi, rus taomlari va oziq ovqatlarining namoyishi bo‘lib o‘tishi va’da berilgan. 

Yangiliklar lentasi
0