Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Qozog‘istonga "mehmonga o‘tib" kelishdi

© Press-slujba prezidenta KazaxstanaPrezidenti Kazaxstana Nursultan Nazarbayev, Rossiyskoy Federatsii Vladimir Putin i Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyevim
Prezidenti Kazaxstana Nursultan Nazarbayev, Rossiyskoy Federatsii Vladimir Putin i Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyevim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uch davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvi Toshkentga chegaradosh bo‘lgan Sariagash shahrida bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 21 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Vladimir Putin va Nursulton Nazarbayev bilan norasmiy uchrashuvdi ishtirok etdi. Uchrashuv Qozog‘istonning O‘zbekiston bilan chegaradosh hududida, Turkiston viloyatining Sariagash shahrida bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar qildi Kreml matbuot xizmati.  

“Shanba kuni Qozog‘istonning Sariagash shahrida – Vladimir Putin, Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarbayevlarning norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Davlat rahbarlari uch mamlakatning iqtisodiy, gumanitar sohalarda hamkorlik va boshqa masalalarini muhokama qilishmoqda”, - deyilgan Kreml  xabarida.

Shuningdek uchrashuvda Qozog‘iston, Rossiya va O‘zbekistonning MDH va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlik masalalari ko‘rib ham muhokama qilindi.

Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu norasmiy uchrashuv Qozog‘istonning Toshkent bilan chegaradosh bo‘lgan Sariagash shahrida bo‘lib o‘tmoqda.

© Press-slujba prezidenta KazaxstanaSariagash shahrida Vladimir Putin, Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarbayevlarning norasmiy uchrashuvi.
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Qozog‘istonga mehmonga o‘tib kelishdi - Sputnik O‘zbekiston
Sariagash shahrida Vladimir Putin, Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarbayevlarning norasmiy uchrashuvi.

Eslatib o‘tamiz, 18-19 oktabr kunlari Vladimir Putin O‘zbekistonda davlat tashrifi bo‘lib o‘tgan edi. Tashrif doirasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Rossiya biznes forumida umumiy qiymati 27 milliard dollar bo‘lgan 800 dan ortiq hujjatlar imolandi.

Yangiliklar lentasi
0