Qobulda parlament saylovlari kuni uchta portlash sodir etildi

© Sputnik / V. Kiselev / Mediabankka o‘tishV voskresniy den v sentre Kabula
V voskresniy den v sentre Kabula - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozircha mamlakatda mavjud bo‘lgan terrorchilik guruhlaridan hech biri sodir etilgan hodisa yuzasidan javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Mamlakat parlamenti (Volus jirga) quyi palatasiga deputatlar saylovi bo‘lib o‘tayotgan Qobulning turli tumanlarida shanba kuni kamida uchta portlash yuz berdi, deb xabar qildi RIA Novostiga Afg‘oniston poytaxti IIV vakili.

Prezident Islamskoy Respubliki Afganistan Ashraf Gani Axmadzay - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston prezidenti parlament saylovlariga start berdi

Italiyaning Emergency nodavlat tashkiloti xabariga ko‘ra, Qobul yaqinida joylashgan saylov uchastkalarida yuz bergan portlashlar tufayli jarrohlik markaziga 30 kishi, shu jumladan, bir nafar bola olib kelingan. Bola olingan jarohatlar oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Ta’kidlanishicha, portlashlarning barchasi saylov uchastkalari yaqinida yuz bergan. Shunday bo‘lsada, bu fuqarolarning o‘z ovozini berish xohishiga global darajada ta’sir ko‘rsata olmagan.

Hozircha mamlakatda mavjud bo‘lgan terrorchilik guruhlaridan hech biri sodir etilgan hodisa yuzasidan javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Qayd etilishicha, shanba kuni o‘tkazilayotgan saylovlarni tan olmayotgan "Tolibon" radikal harakati yetakchilari tinch aholi nomiga tahdidlar qilib, saylov jarayoniga qattiq qarshilik ko‘rsatish fikrda ekanliklarini yashirmaganlar.

Yangiliklar lentasi
0