Vladimir Putin Toshkentda qanday kutib olindi

Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston rahbari kutib oldi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 19-oktabr kuniga belgilangan.

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, o‘zaro manfaatli hamkorlik doirasida yangi qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qiladi.

Tashrif yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, yigirmata hujjat imzolanishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0