TOShKENT, 19 okt – Sputnik. Toshkentda, g‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlangan majmua quriladi, dedi Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan hujjatlar imzolash marosimida, Sputnik muxbiri xabariga asosan.
“2020 yilda G‘alabaning 75-yilligini munosib kutib olish maqsadida, biz O‘zbekistonda maxsus dastur ishlab chiqmoqdamiz. Uning doirasida Toshkentda maxsus “G‘alaba” bog‘ majmuasi yaratish ko‘zda tutilgan”,- dedi O‘zbekiston prezidenti.
Shavkat Mirziyoyev sshzlariga ko‘ra, “G‘alaba” bog‘i fashizmga qarshi xalqlarning umumiy kurashi ramzi bo‘ladi. Yosh avlodni tarixga hurmat, vatanparvarlik va xalqlar do‘stligi ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.