Rossiya prezidentining samolyoti nimalarga qodir?

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin posetil aviabazu Xmeymim v Sirii
Prezident RF V. Putin posetil aviabazu Xmeymim v Sirii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti O‘zbekistonga maxsus samolyotda uchib keldi. Uning nomi - Havo qo‘mondonlik punkti Tu-214PU.

TOShKENT, 19 okt – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu safar o‘zining rasmiy tashrifini yangi maxsus samolyot - TU-214 PUda amalga oshirmoqda. Keling ushbu samolyot bilan yaqinroq tanishaylik.

Samolyotning to‘liq nomi - Havo qo‘mondonlik punkti Tu-214PU. Samolyot davlat oliy rahbariyatining – Prezident va Hukumat raisining xorijiy parvozlari uchun mo‘ljallangan.

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishHavo boshqaruv punkti Tu-214PU
Rossiya prezidentining samolyoti nimalarga qodir? - Sputnik O‘zbekiston
Havo boshqaruv punkti Tu-214PU

Prezident samolyoti Tu-214ning maxsus modifikatsiyasi bo‘lib, u Rossiya Prezident ishlari boshqarmasi buyurtmasiga binoan, Qozon aviatsiya zavodida ishlab chiqarilgan. Samolyotining ilk parvozi 2010-yilning 12-mayida amalga oshirilgan.

Prezident samolyoti yoki Bort №1, ko‘plab talablarga javob berishi kerak. Bu xavfsizlik, qulaylik, har qanday aerodromda qo‘nish va ucha olish imkoniyati, lekin uning eng asosiy vazifasi – har qanday vaziyatda prezidentni aloqa bilan ta’minlashdir.

Prezident uchun eng muhimi - aloqa

Ushbu maqsadda samolyot maxsus aloqa vositalari bilan jihozlangan. E’tibor berib qarasangiz samolyot ustida uzun antenna joylashtirilgan. Ushbu antenna prezidentni sputnik, uyali aloqa va radio aloqasi bilan ta’minlaydi. Rossiya prezidentining eng asosiy aloqa turi bu – radiorele aloqasidir, deb yozadi RIA Novosti.

© Press-slujba KAPO im. S.P.Gorbunova / Mediabankka o‘tishHavo boshqaruv punkti Tu-214PU
Rossiya prezidentining samolyoti nimalarga qodir? - Sputnik O‘zbekiston
Havo boshqaruv punkti Tu-214PU

Radiorele aloqa turi bir chiziqda joylashgan bir necha antennalar yordamida amalga oshiriladi. Bu oson ish emas albatta, lekin radiorele aloqasiga xalal berish yoki noqonuniy eshitib olishning iloji yo‘q. Shuning uchun aynan radiorele aloqa turi - eng ishonchli va himoyalangan aloqa hisoblanadi. Undan tashqari ushbu aloqa turi orqali ma’lumotni katta tezlikda uzatish mumkin.

Prezident uzoq hududlarga safar qilganda asosiy prezident samolyotidan tashqari maxsus aloqa samolyoti TU-214SR ham uni kuzatib boradi. Uning asosiy vazifasi prezidentni uzuluksiz aloqa bilan ta’minlashdir.

Albatta “1-Bort” ichida barcha qulayliklar yaratilgan: kabinet, muzokaralar xonasi, dam olish xonasi, yotoqxona va dush mavjud.

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishHavo boshqaruv punkti Tu-214PU
Rossiya prezidentining samolyoti nimalarga qodir? - Sputnik O‘zbekiston
Havo boshqaruv punkti Tu-214PU

Texnik xususiyatlari

TU-214 yo‘lovchi samolyoti Tupolev konstruktorlik burosi tomonidan 2000-yillar boshida ishlab chiqarilgan. Samolyotning ilk sinov parvozlari 2009-yilda bo‘lib o‘tgan. Samolyotning turli modifikatsiyalari mavjud. Ular orasida yo‘lovchi, aloqa, kuzatuv va razvedka samolyotlari bor.

TU-214PU - qo‘shimcha yonilg‘i baklari bilan jihozlangan bo‘lib uning umumiy uchish uzoqligi 10500 kilometrni tashkil qiladi. Undan tashqari samolyot bir necha qo‘shimcha generatorlar bilan jihozlangan.  

Qanotlar kengligi: 42 metr
Uzunligi: 46,2 metr
Balandligi: 13,9 metr
Qanot maydoni: 182,4 m2
Og‘irligi, bo‘sh samolyot: 59000
Eng katta uchish og‘irligi: 110750
Dvigatellari: 2 dona TVRD PS-90A
Eng katta tezligi: noma’lum
Kreyser tezligi: 850 km/soat
Eng katta balandligi: 12000 metr

© Sputnik / Vladimir Sergeyev / Mediabankka o‘tishHavo boshqaruv punkti Tu-214PU
Rossiya prezidentining samolyoti nimalarga qodir? - Sputnik O‘zbekiston
Havo boshqaruv punkti Tu-214PU
Yangiliklar lentasi
0