Rossiya prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

© Press-slujba Prezidenta RF / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev ( v sentre sprava) na seremonii ofitsialnoy vstrechi v Tashkente
Prezident RF Vladimir Putin i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev ( v sentre sprava) na seremonii ofitsialnoy vstrechi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘ksaroy rezidensiyasida bo‘lib o‘tgan rasmiy kutib olish marosimida O‘zbekiston Milliy Gvardiyasi askarlaridan iborat faxriy qorovul saf tortdi.

TOShKENT, 19 okt – Sputnik. Bugun, 19-oktabr kuni Ko‘ksaroyda Rossiya Federatsiyasi prezidentini rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi.

Ko‘ksaroy rezidensiyasida bo‘lib o‘tgan rasmiy kutib olish marosimida O‘zbekiston Milliy Gvardiyasi askarlaridan iborat faxriy qorovul saf tortdi.

Marosim taomilga binoan prezidentlar yashil yo‘lakdan yurib shohsupaga ko‘tarilishdi. Shundan so‘ng harbiy orkestr ijrosida Rossiya va O‘zbekiston madhiyalari yangradi.

Shundan so‘ng prezidentlar saf tortib turgan faxriy qorovul oldidan o‘tishdi.

Undan keyin esa prezident Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga O‘zbekiston hukumati hamda diplomatik korpus vakillari bilan tanishtirdi.

Marosim so‘ngida prezidentlar yana bir bor shohsupaga ko‘tarilishdi. Faxriy qorovul askarlari jarangdor musiqa ostida prezidentlar oldidan saf tortib o‘tishdi.

Yangiliklar lentasi
0