Vladimir Putin tashrifi kun tartibidan nimalar o‘rin olgani ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Aleksey NikolskiyPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin tashrifi doirasida o‘tkazildigan tadbirlar va imzolanadigan hujjatlar nomi ma’lum bo‘ldi.  

TOShKENT, 18 okt – Sputnik. Bugun 18-oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi boshlanadi. Ushbu munosabat bilan prezident matbuot xizmati Rossiya prezidenti tashrifiga doir bayonotni e’lon qildi.

Unda aytilishiga ko‘ra, tashrif doirasida davlat rahbarlari muntazamlik kasb etgan siyosiy muloqotning davomi sifatida, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik holati yuzasidan fikr almashadilar.

Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Sh. Mirziyeyevim - Sputnik O‘zbekiston
Putin va Mirziyoyev uchrashuvi: atom, olimlar, yo‘llar, notinch qo‘shni va nahotki, paxta?

Strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish, turli sohalarda yangi qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Shuningdek, tashrif kun tartibidan dolzarb xalqaro masalalar, jumladan, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish jarayoniga ko‘maklashish masalalari ham o‘rin olgan.

Undan tashqari, Rossiya prezidenti tashrifi doirasida ilk bor Ta’lim forumi va “O‘zbekiston-Rossiya” hududlararo hamkorlik forumi o‘tkaziladi, shuningdek, mamlakatimizda atom elektr stansiyasi qurilishining boshlanishiga bag‘ishlangan marosim ham o‘tkaziladi.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida quyidagi hujjatlar imzolanadi:

  • Davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonotini qabul qilish;
  • 2019-2024 yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik dasturi;
  • 2019-2021 yillarda madaniy-gumanitar sohada hamkorlik dasturi;
  • O‘zbekistonda Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalarining filiallarini tashkil etish va faoliyatini ta’minlash to‘g‘risidagi kelishuv;
  • "Suffa" xalqaro radioastronomik observatoriyasini tashkil etish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"
  • va boshqa muhim ikki tomonlama hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.

Tashrif davomida, shuningdek, O‘zbekiston bilan Rossiya hududlari va ishbilarmon doiralari o‘rtasida yirik investitsiya va savdo shartnomalari imzolanishi ham kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0