TOShKENT, 18 okt – Sputnik. “JV MAN Auto-Uzbekistan” MChJ Tojikistondagi “Sinov mexanika zavodi” YoAJ bilan kompaniya qiymati 1,4 million dollariga teng 14 dona MAN samosvalini yetkazib berish bo‘yicha kontrakt tuzdi.
Ushbu avtomobil-samosvallar ortdan to‘kiladigan 20 m3 hajmli kuzovga ega, yuk ko‘tarish qobiliyati – 28 tonna, qoya toshlar va yirik bo‘lakli materiallardan tashqari, inert materiallar (tuproq, shag‘al, qum, mayda tosh, asfalt-beton va sh.k.) tashishga mo‘ljallangan.
Ular, shuningdek, Common Rail zamonaviy yoqilg‘i uzatish tizimili qudratli tejamkor D20 dvigateli, 16 bosqichli mexanik uzatmalar qutisi, kuchaytirilgan ressor osmasi, ABSli barabanli tormoz, elektron nazorat tizimlari va qulay kunduzgi kabina bilan jihozlangan.
Bugungi kunga qadar umumiy summasi 1,2 dollariga teng 11 dona avtomobil jo‘natildi.