Tezkor tekshiruvdan so‘ng yana bir avtosalon rahbari ishdan olindi

© AP Photo / Ivan SekretarevMujchina v avtosalone
Mujchina v avtosalone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Farg‘ona Avtosavdo” dilerlik markazi rahbari vazifasidan ozod etildi.

TOShKENT, 18 okt – Sputnik. Huquq-tartibot organlari tomonidan kelib tushgan tezkor ma’lumotlar asosida “Farg‘ona Avtosavdo” MChJ dilerlik markaziga operativ tekshiruv yuborildi, deb xabar qildi “O‘zavtosanoat” AJ matbuot xizmati.

Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Korrupsiya va “antisanitariya”: GM Uzbekistan yana bir avtosalon bilan ishni to‘xtatdi

Tekshiruv vaqtida quyidagi kamchiliklar aniqlandi:

- Ayrim mas’ul shaxslar tomonidan korxona faoliyati bo‘yicha qarorlar qabul qilishda vakolatdan chetga chiqish;

- “GM Uzbekistan”ning “InfinBank” ATB bilan o‘tkazilgan aksiyasi doirasida xaridorlarga velosiped hamda 1 mln.so‘m chegirma taqdim etilmaganlik holatlari;

- avtomobillarni saqlash omborxonasi kompaniya tomonidan qo‘yilgan talablarga javob bermasligi;

- kunlik tarzda yangilanishi lozim bo‘lgan shartnoma uchun ajratilgan avtomobillar to‘g‘risida axborot monitorining ishlamasligi;

- tashrif buyuruvchilarni qabul qiladigan resepshn xizmati standartlarga javob bermasligi, servis-menedjerning yo‘qligi.

O‘tkazilgan ishlar natijasida “Farg‘ona Avtosavdo” dilerlik markazi rahbari vazifasidan ozod etildi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yangi tayinlangan direktor v.b. Botirjon Akbarov  zimmasiga yuklandi.

“O‘zavtosanoat” ma’lum qilishicha, OAVda 73 nafar fuqaroning pullarini o‘zlashtirgan “Farg‘ona avtosavdo” avtosaloni xodimining noqonuniy ishlari haqida ma’lumot chop etilgan.

Mazkur harakatlar yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0