“O‘zatom” agentligi bosh direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaProyekt AES v Uzbekistane
Proyekt AES v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“O‘zatom” agentligi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi tarkibiga kiradi.

TOShKENT, 18 okt – Sputnik. Vitaliy Yuryevich Dragunov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Atom energetikasini rivojlantirish agentligi prezidentning 2018-yil 19-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan tashkil etilgan.

"O‘zatom" atom energetikasini rivojlantirish va undan foydalanish sohasidagi yagona davlat siyosati hamda strategik yo‘nalishlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javobgar davlat idorasi hisoblanadi.

Ushbu agentlik Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi tarkibiga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0