Maxsus xizmatlar terrorizm bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan 150 kishini qo‘lga olishdi

© FSB RF / Mediabankka o‘tishZaderjanie prestupnika
Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
ShHT maxsus xizmatlar “IShID”, “Jabxat an-Nusra”, “Xizb ut-Tahrir”, “Sharqiy Turkiston islom harakati” va boshqa tashkilotlar faoliyati haqida ma’lumotlarni almashishdi.

TOShKENT, 18 okt – Sputnik. Markaziy Osiyo va Rossiya maxsus xizmatlar o‘tgan yili terrorizm bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan 150 shaxslarni qo‘lga olishdi. Bu haqda Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi aksil terrorchilik markazi direktori Asilbek Kojobekov ShHT aksil terrorchilik mintaqaviy kengash yig‘ilishida ma’lum qildi.

“Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston vakolatli organlar hamkorlikdagi harakatlar natijasida 2017-yil ikkinchi yarmida va 2018-yil birinchi yarim yilligida terrorizm bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan 150 nafar fuqaro qo‘lga olindi va ekstraditsiya qilindi”, - dedi Kojobekov.

Shuningdek, ShHT maxsus xizmatlar “IShID”, “Jabxat an-Nusra”, “Xizb ut-Tahrir”, “Sharqiy Turkiston islom harakati” va boshqa tashkilotlar faoliyati haqida ma’lumotlarni almashishdi.

“So‘nggi yillarda ShHT hududida ko‘plab teraktlar oldi olindi. Terrorchilik guruhlarga jiddiy ziyon yetkazildi... Yuqori terrorchilik harakatlari faol bo‘lgan hududlarga chiqib ketayotgan va ShHT davlat hududiga qaytib kelayotgan shaxslarga, turli xavf va tahdidlarga alohida e’tibor qaratilmoqda”, - deb qo‘shimcha qildi Kojobekov.

ShHT aksilterrorchilik mintaqaviy kengashi 33-chi yig‘ilishida Rossiya, Qirg‘iziston, Hindiston, Xitoy, Qozog‘iston, Pokiston, Tojikiston va O‘zbekiston delegatsiyalari ishtirok etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0